Subimendi: "Biz muxlislarga unutilmas xotira taqdim etmoqchimiz"
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.
Hal qiluvchi uchrashuv 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. “To‘pchilar” tarixda ilk bor Evropaning eng nufuzli klublar musobaqasida g‘olib chiqish imkoniyatiga ega.
"Biz bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Uzoq mavsum ortda qoldi va hozir muvaffaqiyatga naqadar yaqin ekanimizni his qilyapmiz.
Mavsumni haqiqatan ham buyuk natija bilan yakunlashni juda istaymiz. Agar maqsadimizga erishsak, muxlislarimizga unutilmas xotira taqdim etamiz. Umid qilamanki, bu noyob kunga aylanadi", — dedi Subimendi.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta jamoasi yarim finalda Madriddning “Atletiko” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar