Sudning qarori "Barselona"ning zarariga ishlashi mumkin

  • 27 dekabr, 2024, 18:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Bu haqda "MARCA" nashri xabar bermoqda.

Barselonadagi 10-raqamli tijorat sudi "blaugrana"ning Olmo va Viktorni La Ligada mavsumning ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatini rad etdi. Biroq xabarlarga ko‘ra, 30 dekabr kuni "Barselona" ushbu masala bo‘yicha birinchi instantsiya sudiga yangi ariza bilan murojaat qiladi. 

O‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning amaldagi davri dekabr oyining oxirigacha davom etadi. So‘nggi muddat esa 31 dekabr.

Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi yozgi transferlar oynasida 55 million evro evaziga "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!