Sulsher: Fantastik uchrashuv! Hisob 12:4 bo‘lishi ham mumkin edi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Premer ligasining 14-turida "Lids"ga (6:2) qarshi kechgan bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Fantastik uchrashuv bo‘ldi. Tasavvur qiling, agar stadionda 75 ming muxlis bo‘lganida nimalar ro‘y berishi mumkin edi. Bu "Lids"ga qarshi kechgan eng buyuk bellashuvlardan biri sifatida tarixga kiradi.

Biz qiyin bo‘lishiga qaramay, ular kabi ko‘p yugurib, mehnat qilib, g‘alaba uchun kurashishimiz kerak edi. Hisob 12:4 bo‘lishi ham mumkin edi. Ha, bahs shunday bo‘ldi.

Menga yoqdi, o‘yin juda qiziqarli kechdi. Qanday hisob bo‘lishidan qat’iy nazar, "Lids" doim o‘zgacha uslubda harakat qiladi, xoh u 5:0 bo‘lsin, xoh 0:5.

"Manchester Yunayted" hali yo‘lning yarmini ham bosib o‘tmadi. Biz turnir jadvaliga qaramaymiz, jamoani shakllanishini kuzatib boramiz va kuchayishda davom etamiz. Bugungi g‘alaba muxlislarimiz uchun kerak edi," - dedi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!