Sulsher: Mayli, uni haydamanglar!

  • 13 avgust, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi.

Murabbiylar shtabi va klub xo‘jayinlari o‘zini ko‘rsata olmay qolgan futbolchini sotib yuborishni rejalashtirgan edi. Biroq, norvegiyalik bosh murabbiy 25 yoshli o‘yinchiga yana bir yil imkoniyat beradigan bo‘ldi.

Marsyal o‘tgan mavsumda jarohat tufayli ikki oy maydondan chetda qoldi va o‘z darajasida o‘ynay olmadi.

Statistika ham shundan dalolat bermoqda. Frantsiyalik futbolchi premer-ligada jami 22 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va uchta assistni amalga oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!