
Sulsher shogirdiga yanvargacha muddat berdi
“Manchester Yunayted” himoyachisi Timoti Fosu-Mensa kelajagi haqida bir qarorga kelish uchun Sulsherdan yanvargacha muhlat oldi.
Klub 22 yoshli futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qilyapti. Biroq niderlandiyalik himoyachi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois bir qarorga kelishga qiynalyapti. Shuning uchun vaziyatni to‘la o‘rganib chiqish maqsadida rahbariyatga javobini yanvarda aytishini ma’lum qildi.
Amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadigan Mensa joriy mavsumda atigi ikki marta maydonga tushdi.
Fikrlar