Sulsher yosh yulduzni so‘ndirdi

  • 17 mart, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Ayaks”dagi o‘yinlari bilan qator grandlar e’tiborini qozongan Donni van de Bek o‘tgan yili yoo‘da “Manchester Yunayted”ni tanlagan edi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan bu tanlov xato bo‘lgani oydinlashib bormoqda.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yosh yarim himoyachiga o‘zini ko‘rsatish uchun deyarli imkon bermadi. 23 yoshli futbolchi o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqti juda kamligidan norozi va vaziyat o‘zgarmasa, yozda boshqa klubga o‘tishni istayapti.

Donni van de Bek o‘zining kelajak faoliyati haqida klub ijrochi direktori Ed Vudvord bilan gaplashib olishni rejalashtirgan.

“Manchester Yunayted” o‘tgan yili yozda uni olish uchun “Ayaks”ga 44 million evro to‘lagan va Donni bilan besh yillik shartnoma tuzgandi. Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 marta maydonga tushib, bitta gol urdi va bir marta golli pas oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!