Sulsher zo‘r hujumchisini zaxirada o‘tirgan futbolchiga almashmoqchi

  • 15.07.2020 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Inter” bilan futbolchi almashmoqchi.

Milanliklar Angliya premer-ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Antoni Marsyalni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Frantsiyalik hujumchi evaziga “Inter” Manchesterga Milan Shkrinyarni jo‘natadi.

Keyingi o‘yinlarda zaxirada qolib ketayotgan slovakiyalik futbolchi aslida Sulsherning nazariga tushgan va MYu rahbariyati bu rokirovkaga qarshilik qilmasligi kutilmoqda.

29 ta uchrashuvda 16 ta gol urgan Marsyalning transfer summasi 60 million funtga baholanayotgani bois “Inter” manchesterliklarga muayyan miqdorda badal pulini ham to‘laydi.

martial-skriniar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!