Sun'iy intellekt APL chempioni nomini aytdi

  • 18.08.2026 13:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Opta mutaxassislari superkompyuterni ishga tushirib, 2026/2027 yildgi mavsumda jamoalarning Angliya Premier-ligasi chempionlik unvonini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, chempion bo‘lish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoa “Arsenal” ekan. “Kanonirlar”ning chempionlik unvonini himoya qilishi ehtimoli 38 foizni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda chempionlikka erishish ehtimoli 20,5 foiz bo‘lgan “Manchester Siti” joylashgan.

Qolgan jamoalar esa ancha ortda, ularning imkoniyatlari hatto 10 foizga ham yetmaydi. Xususan, “Liverpul” - 9,2, “Manchester Yunayted” - 6,2,  “Aston Villa” -  4,8, “Chelsi” -  4,1 va “Tottenxem” - 2,9 foizga baholandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!