“Real”ni xursand qiladigan xabar
“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem kelasi yoz transfer bozorida eng ko‘p talash bo‘ladigan futbolchilardan bo‘lishi kutilmoqda.
Dortmundliklar ikki yil muqaddam 25 million evro evaziga transfer qilingan iste’dod egasini 150 million evroga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Angliyalik futbolchining o‘zi ham jamoa tanlab bo‘lgani aytilmoqda. Jurnalist Xose Alvaresning ma’lum qilishicha, 19 yoshli yarim himoyachi faoliyatini “Real”da davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Hozirning o‘zida Bellingemga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Real”dan qiziqish bor. Bundan vaziyatda futbolchining xohish-istagi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada madridliklarning omadi chopgan ko‘rinadi.

Fikrlar