
Superhujumchi katta maoshdan yuz o‘girdi
“Inter” safida Italiya chempioni bo‘lgan Romelu Lukaku o‘zi muxlislik qiladigan “Chelsi” taklifini rad etdi.
“Aristokratlar” mutasaddilari belgiyalik to‘purarning agentlari bilan bog‘lanib, Lukakuga yiliga 10 million evrodan ko‘proq maosh va’da qilgandi. Avvalroq, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning o‘zi ham futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, uni o‘z jamoasiga taklif qilgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Romelu Lukaku faoliyatini “Inter”da davom ettirishni ma’qul ko‘rishini ta’kidlab, katta miqdordagi maoshdan yuz o‘girgan.
Ta’kidlash joizki, milanliklar asosiy to‘purari uchun yiliga 7,5 million evro miqdorida maosh to‘lamoqda.
Fikrlar