Superhujumchi kelyapti: “Barsa” tez orada katta transferni uddalaydi!

  • 26.08.2024 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” asosiy transfer nishoni – “Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsni qo‘lga kirita olmaganidan keyin uning o‘rniga bir necha hujumkor futbolchilarni olish harakatini boshlagandi.

Kataloniyaliklarning ishi “Milan” forvardi Rafael Leau bilan bitadigan ko‘rinadi.

“Barsa” mutasaddilari transferlar oynasi yopilishi arafasida portugaliyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga ishonmoqda.

25 yoshli Leauning milanliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Transfermarkt portali bu hujumchini 90 million evroga baholamoqda. Kataloniyaliklar narxni tushirish uchun bir necha futbolchisini “Milan”ga berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!