Superklub 39 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

  • 05.09.2026 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasi davomida 39 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. BBC ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar futbolchilar sotuvidan jami 160 million evrodan ortiq sof daromad olgan.

Umuman olganda, klub 17 nafar futbolchisini sotgan, yana 22 futbolchi boshqa jamoalarga ijaraga berilgan.

Bundan tashqari, erkin agent maqomida jamoani tark etgan to‘rt nafar yosh futbolchi ushbu hisobga kiritilmagan.

Shunga qaramay, barcha sotuvlar va ijaralarni hisobga olganda ham “Chelsi”ning asosiy jamoa tarkibida hozir 30 nafar futbolchi qolgan.

39 nafar futbolchi orasida “Manchester Siti”ga 145 million evro evaziga o‘tgan Enzo Fernandez alohida ajralib turadi. Uning transferi Angliya futbolidagi rekordni takrorlagan.

Shuningdek, senegallik hujumchi Nikolas Jekson ham “Chelsi”ni tark etib, 75 million evro evaziga “Aston Villa” futbolchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!