Superklub “Barsa” qadrlamagan yulduzchani olib ketadi

  • 19.01.2026 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Futbol insayderi Fabrizio Romano “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Dro Fernandesning kelajagiga oid muhim xabarni futbol jamoatchiligi eʼtiboriga havola qildi.

Gap shundaki, Hans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibiga kira olmagan 18 yoshli futbolchi yanvar oyidayoq klubni tark etadigan boʻldi. Amaldagi shartnomasi bir tomonlama bekor qilish uchun yosh oʻyinchi 6 million yevro to‘lashi shart.

Biroq, iqtidorli futbolchiga jiddiy klub xaridor boʻlmoqda. Romanoning taʼkidlashicha, Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi “Pari Sen-Jermen” Jroni oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi.

Parijliklar Fernandes bilan muzokara olib bormoqda va oʻyinchini Fransiya poytaxtiga koʻchib kelishga deyarli koʻndirib boʻldi. Ular “Barselona” bitimni bekor qilish uchun talab qilayotgan 6 million yevroni ham toʻlab berishga tayyor.

Dro Fernandes transferida PSJ bosh murabbiy Luis Enrique ham bevosita ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!