Superklub hujumni kuchaytiradigan futbolchi bo‘yicha muzokara boshlayapti
Bundesliga chempioni “Bavariya” hujumkor futbolchi Sharl de Ketelare transferi bo‘yicha “Atalanta” bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bavariya” kelasi mavsum uchun hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va belgilaylik futbolchini asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
“Atalanta” safida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan de Ketelare texnikasi, universalligi va hujumdagi samaradorligi bilan Germaniya klubi e’tiborini tortgan.
Hozircha rasmiy kelishuv mavjud emas, ammo tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda. “Bavariya” ushbu transfer orqali tarkib raqobatini yanada kuchaytirishni istamoqda.

Fikrlar