Superklub Husanovni eng qimmat himoyachiga aylantirmoqchi!

  • 28.09.2026 07:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MOSKVA, 28 sen — RIA Novosti. Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Gretsiyaga qarshi uchrashuvda qayd etilgan mag‘lubiyatni adolatli deb hisoblamasligini bildirdi.

Augsburg shahrida bo‘lib o‘tgan, A ligasi 2-guruhidagi bellashuv 1:0 hisobida meyman jamoa — Gretsiya terma jamoasi foydasiga yakunlandi. Shu tariqa Germaniya tarixda ilk bor greklaridan mag‘lubiyatga uchradi. Bunga qadar nemislar raqibni yetti marta yutib, uch o‘yinni durang bilan yakunlagan edi.

Bu mag‘lubiyat Yurgen Klopp bosh murabbiy sifatida Germaniya terma jamoasini boshqarganidan beri birinchi yo‘qotish bo‘ldi. U yozda bosh murabbiylik lavozimida Yulian Nagelsmann o‘rnini egallagan. Millatlar ligasidagi ilk o‘yinda Germaniya Niderlandiyaga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etgan edi.

Kloppning ta’kidlashicha, jamoa xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, tarkib hamda taktik yondashuvda o‘zgarishlar kutilmoqda.

«Futbolda shunday holatlar bo‘lib turadi. Bugungi o‘yinda durang natijasi biz uchun mutlaqo qabul qilinadigan edi, lekin mag‘lubiyat — juda og‘ir. Biz bunga loyiq edik, deb o‘ylamayman, ammo natija shu bo‘ldi. Gretsiya bugungi o‘yinga aniq reja bilan maydonga tushdi. Biz esa o‘z o‘yinimizga yanada ishonch bilan yondashishimiz kerak. Shunda hammasi joyiga tushadi.

Tarkibni o‘zgartamiz, jamoani o‘zgartamiz. Raqib biz qay tarzda o‘ynashimizni doim ham oldindan bilishi shart emas, lekin hozir biz o‘zimiz ham buni aniq bilmaymiz, chunki jamoani yana bir bor bir butun qilib jipslashtirishimiz kerak. Bu o‘yindan juda ko‘p xulosa chiqarishimiz mumkin, shunday qilamiz ham — shu yo‘nalishda ishlaymiz», — deya Kloppning so‘zlarini Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) sayti keltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!