Superklub ikki mashhur hujumchidan voz kechdi

  • 11.06.2024 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi kelasi mavsum yuqori maqsadlar uchun kurashishni maqsad qilgan. Klub rahbariyati yangi tarkib shakllantirmoqchi.

Shu bois, dortmundliklar kutilgan natijani bermayotgan bir necha nomdor futbolchilar bilan ham xayrlashishga tayyor.

Get German Football News nashrining yozishicha, klub ikki hujumchi Sebasten Aller va Yussuf Mukokoni sotib yuboradi.

Rahbariyat ikki mashhur futbolchiga yozda yangi jamoa topish haqida ogohlantirdi.

Aller yakunlangan mavsumda 19 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va bitta assist qayd etdi. Mukoko esa, 27 ta bellashuvda o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!