Superklub: Ketadiganlar yettitaga yetdi
“Milan” transfer oynasi yopilguniga qadar, yaʼni 1 sentyabrgacha yetti nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Yangi bosh murabbiy Ruben Amorim tarkibni optimallashtirishni istagani uchun klub bunga tayyor.
Bu haqida Sky Sport Italia xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, “Milan” himoyachilar Fikayo Tomori, Filippo Terrachano, Pervis Estupinyan, David Odogu, yarim himoyachilar Kristofer Nkunku, Yussuf Fofana hamda hujumchi Santyago Ximenesni sotmoqchi.
Milan klubi egasi Jerri Kardinale transfer oynasini rejalashtirish maqsadida Amorim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Portugaliyalik mutaxassis “Milan”da bir oy ishlagandan soʻng oʻz jamoasida kimlarni koʻrishni istamasligini aniqlab oldi.

Fikrlar