Superklub ko‘p gol uradigan hujumchi topdi

  • 1 dekabr, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turin superklubi “Yuventus” jamoa etakchi hujumchisi Dushan Vlaxovichning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Vlaxovichga bir necha grand klublar, xususan, “Real”dan ham taklif bo‘lyapti. Turinliklar bu hujumchining transferi amalga oshadigan bo‘lsa, uning o‘rniga keladigan o‘yinchini ham aniqlab qo‘ydi.

Todofichajes nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Yuventus”  Viktor Bonifaseni nishonga olgan. 22 yoshli nigeriyalik forvard “Bayer” safida mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda.

Bonifase Bundesligada 12 ta uchrashuvda ettita to‘p kiritishdan tashqari, jamoadoshlariga beshta golli pas ham uzatdi.

Afrikalik futbolchining transferi 40 million evroga baholanmoqda.  Agar serbiyalik Dushan Vlaxovichning narxi ikki baravar qimmatligini inobatga olsak, u ketgan taqdirda ham Bonifase uchun badal pulini to‘lash muammo bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!