Superklub: Maoshing pasaysa, bizda o'ynaysan!

  • 25.02.2026 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasi davrida tarkibini kuchaytirishga belbogʻlagan va kerakli oʻyinchilar roʻyxatini shakllantirmoqda.

Manchesterliklar “Nottingem Forest” yulduzi Morgan Gibbs-White ni  ham jamoaga taklif etiladigan oʻyinchilar roʻyxatiga kiritdi.  Bu futbolchini olish uchun “Yunayted” Morganing shartnomasidagi 60 million funt sterling miqdorida badal puli koʻrsatilgan bandni ishga tushirishi mumkin.

Morgan Gibbs-White avval “Tottenhem” bilan bogʻliq transfer mojarosidan soʻng “oʻrmonchilar” bilan yangi shartnoma imzolagan edi.

“Yunayted” rahbariyati Morganni jamoa yetakchisi Brunu Fernandeshga oʻrinbosar sifatida tanlagan. Portugaliyalik yulduz 2020 yilda jamoaga kelganidan beri “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanadi. Biroq 31 yoshli yarim himoyachining “Old Trafford”dagi kelajagi aniq emas.

Xabarlarga koʻra, Fernandesh yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga  Saudiya Arabistoni Pro-ligasidan va Evropaning qator klublaridan qiziqish borligi aytilmoqda.

“Manchester Yunayted” Gibbs-White ni kuzatayotgan bir nechta Premier-liga klublaridan biri. Biroq klub yangi joriy qilingan maosh tizimidan chiqib ketishni istamaydi. Oʻtgan yozda kelgan Brayan Mbeumo, Mateus Kunya va Benjamin Sheshko haftasiga 150 ming funt atrofida maosh oladigan shartnomalarni imzolagan. Gibbs-White ham shunga yaqin maoshga rozi boʻlishi talab etiladi.

“Manchester Yunayted” klubdan katta maosh oladigan Kazemiro, Markus Reşford va Jeydon Sancho bilan toʻliq xayrlashishga qaror qilgan. Harri Maguayr esa klubda qolishni istasa, maoshini kamaytirilishiga rozi boʻlishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!