Superklub “Real”ning birdaniga uch futbolchisini olyapti

  • 13.05.2026 06:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy oʻzgarishlarga qoʻl urishni rejalashtirmoqda. Italiya grandi bu ishni “Real” futbolchilari yordamida amalga oshirmoqchi.

Italiya matbuotining yozishicha, turinliklar rahbariyati “Real” klubi mutasaddilari bilan bir nechta futbolchi boʻyicha muzokara oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

“Yuventus” birinchi navbatda Braim Dias va Gonsalo Garsiyani oʻz safiga qoʻshib olishni koʻzlayapti.

Xususan, italyaliklar 21 yoshli Gonsalo Garsiyani “Manchester Siti”dan kelishi kutilayotgan Bernardu Silvaga muqobil variant sifatida koʻrmoqda. Klub ispan hujumchisini sotib olish huquqi bilan qayta xarid qilish bandi orqali transfer qilishni rejalashtiryapti. Bu sxema avval Alvaro Morata transferida ham qoʻllangan edi.

Shuningdek, “Yuventus” xoʻjayinlari “Qirollik klubi” nishonida turgan Kenan Yildizni kelishuv doirasidagi variantlarga kiritib, uni sotib olish boʻyicha madridliklarga ustuvor huquq berishga tayyor ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, turinliklar David Alabani ham erkin agent sifatida qoʻlga kiritish ustida ish olib bormoqda. Manbaga koʻra, himoyachiga rasmiy taklif ham yuborilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!