Superklub “Siti” yulduzini olishga ulgurmadi

  • 02.09.2026 18:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida “Manchester Yunayted” rahbariyati “Manchester Siti” himoyachisi Rayan Ayt-Nuri bo‘yicha so‘rov yubordi.

“Yunayted”ning yozdagi vazifalaridan biri Lyuk Shou bilan raqobatlasha oladigan yangi chap qanot himoyachisini taklif qilish edi.

BBC xabar berishicha, “Yunayted”ning o‘zi “Barselona”dan Alehandro Bal’de va “Rasing”dan Xorxe Salinas kabi variantlardan voz kechdi hamda transfer oynasi yopilishiga 12 soatdan kam vaqt qolganida qo‘shnisi “Siti”ga Ayt-Nuri bo‘yicha murojaat qildi.

“Yunayted” 25 yoshli jazoirlik futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor edi, biroq “Siti” ularning qo‘qqisdan bildirgan so‘roviga rad javobini berdi.

Ayt-Nuri 2025 yil iyun oyida “Vulverxempton”dan 31 million funt evaziga o‘tganidan beri “Siti” sharafini himoya qilmoqda. “Etihad”dagi debut mavsumida Rayan asosiy tarkibda atigi 12 marta maydonga tushdi va odatda Yoshko Gvardiol hamda Niko O'Rayli bilan raqobatda yutqazib qo‘ymoqda.

Kerakli futbolchini qo‘lga kirita olmagan “Yunayted” 19 yoshli Xarri Amassni ijaraga bermaslikka qaror qildi. Ko‘rinishicha, u bu mavsumda Shouning o‘rnini bosib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!