Superklub tarixida bunaqa ko‘p gol uradigan hujumchi bo‘lmagan

  • 01.10.2025 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga chempioni “Bavariya” tarkibida 2023 yilning yozidan beri o‘ynab  kelayotgan angliyalik hujumchi Harri Keyn tinismiz to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda.

32 yoshli futbolchi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi ikkinchi turida Kiprning “Pafos” jamoasi darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. Myunxenliklar safardagi o‘yindan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi “Bavariya”da ajoyib statistika qayd etmoqda. Keyn Myunxen klubiga kelganidan beri barcha turnirlarda 105 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 102 marotaba ishg‘ol qildi.

Transfermarkt portali tomonidan 75 million evroga baholanayotgan tajribali to‘purarning Bundesliga chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!