Superkompyuter joriy mavsum EChL favoritlarini aniqladi

  • 22 yanvar, 12:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superkompyuter Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi asosiy da’vogarlarini elon qildi. 

Tecno

Unga ko‘ra, "Liverpul" asosiy favorit hisoblanib, etti turdan keyin ettita g‘alaba bilan umumiy turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Arne Slot jamoasining g‘alaba qozonish ehtimoli Opta algoritmi bo‘yicha 22 foiz deb baholangan.

Ikkinchi o‘rinni Milanning "Inter" klubi 18,1 foiz bilan band qilgan bo‘lsa, Londonning “Arsenal” klubi 13,6 foiz bilan uchinchi pog‘onada. Keyingi o‘rinlarda "Barselona" (7 foiz) va turnirning amaldagi g‘olibi “Real” beshlikni yakunladi (6,5 foiz).

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finali 31 may kuni "Bavariya"ning uy stadioni “Alyans Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!