
Superkompyuter Osiyo kubogi uchun jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini hisoblab chiqdi. O‘zbekistonning g‘olib bo‘lish ehtimoli o‘ta kam (foto)
Xabaringiz bor, bir necha kundan so‘ng Qatarda Osiyo kubogi start oladi. Jahonga mashhur "Opta" portalining superkompyuteri musobaqada ishtirok etuvchi jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, Yaponiya eng yuqori imkoniyatga ega - 24,6 foiz, Janubiy Koreya esa 14,3 foizlik ko‘rsatkich bilan 2-pog‘onada qayd etilgan. Kuchli uchlikka 11,2 foiz bilan Eron terma jamoasi yakun yasagan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi chempionlikka da’vogarlar orasida 8-o‘rinda. Vakillarimizning g‘olib bo‘lish ehtimoli 2,5 foizga teng, deya baholanmoqda.
Fikrlar