Superkubok oldidan! "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi so‘nggi 5 o‘yinda ustunlik kim tomonda? (foto)

Bugun Jizzaxda O‘zbekiston Superkubogi uchun "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi. 

Ushbu to‘qnashuv oldidan sizga muhim ma’lumotni taqdim etamiz. Bu jamoalar ishtirokidagi so‘nggi 5 o‘yinda "Nasaf" 2 marta, "Paxtakor" esa 1 marta zafar quchgan. Yana 2 bahs 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakun topgan. Oxirgi 3 bellashuvda atigi bitta gol urilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum "Paxtakor" O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘lgandi. "Nasaf" esa O‘zbekiston kubogida muvaffaqiyat qozongan. Shu tufayli, bu ikki jamoa Superkubok uchun kurash olib boradi.  

pxnas

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!