
Superliga 13-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari. "Bunyodkor" - "Dinamo" o‘yini nega Samarqandga ko‘chirildi?
28-29 iyun kunlari Coca Cola Superligada 13-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Tur doirasidan o‘rin olgan o‘yinlarning boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Mazkur turda deyarli barcha uchrashuvlar jonli efirda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Faqat “Nasaf” — “Surxon” bahsi Sport telekanali orqali yozib olingan holda ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
13-tur
28 iyun, juma
18:00 DINAMO — BUNYoDKOR (Sport TV)
19:00 AGMK — METALLURG (Mahalla TV)
20:00 QIZILQUM — NAVBAHOR (Sport TV)
29 iyun, shanba
18:00 LOKOMOTIV — SO‘G‘DIYoNA (Mahalla TV)
18:00 QO‘QON-1912 — PAXTAKOR (Sport TV)
20:00 NASAF — SURXON (Sport TV – yozib olingan holda yakshanba, 15:40)
20:00 BUXORO — ANDIJON (Mahalla TV)
“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvi esa har ikki tomonning taklifiga ko‘ra Samarqandda o‘tkaziladi. Ikkinchi davradagi bahs esa Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deyilgan PFL xabarida. Ammo tomonlar nega nega shunday qarorga kelishgani borasida ma’lum qilinmagan. Ammo bizning taxminga ko‘ra "Milliy" stadionning maysasi hali o‘yin o‘tkazishga to‘liq tayyor bo‘lmagani uchun uchrashuv Samarqandga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin. Bu bir taxmin xolos.
Fikrlar