
Superliga 16-tur. “So‘g‘diyona” kichik hisobda “Olimpik”ni mag‘lub etdi
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan “Olimpik”-“So‘g‘diyona” uchrashuvi yakunlandi. JAR stadionida kechgan baxsda jizzaxliklar 64 daqiqada Vladimir Yovovich tomonidan urilgan gol evaziga 3 ochkoga ega chiqishdi.
Vladimir “Olimpik” darvozaboni Edem Nemanovga “parashut” usulida zarba berib gol urdi.
"Bo‘rilar" hozirda turnir jadvalida 27 ochko bilan 3 o‘rinni band etib turibdi. "Olimpiachilar" bo‘lsa, 6 o‘rinda.
Fikrlar