"Superliga-2020". “Navbahor” Namangandagi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Nasaf”ga imkoniyat boy berilganidan so‘ng, "Navbahor" uchun joriy yilgi mavsum yakunlandi. Coca Cola Superliga bahslari esa, 3 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etgandi.
“Lochinlar”ning ko‘pchilik muxlislari milliy chempionatimizning yakunlangan mavsumdagi statistik natijalari qiziqtiradi. Klub matbuot xizmati jamoa statistikasini taqdim etdi.
Yakunlangan mavsumda jamoa 26 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 11 ta bahsda durangga erishib, 7 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. To‘plar farqi – 24-21 ni tashkil etgan holda, “Navbahor” jami 35 ochko to‘pladi va yakunda turnir jadvalida 8-o‘rinni egalladi.
E’tiborlisi, "Superliga – 2020"da “lochinlar” Namanganda, ya’ni o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohda mag‘lubiyatga uchramagan.
“Navbahor” Namangandagi 11 ta bahsning 6 tasida zafar quchib, 5 ta o‘yinda durangga imzo chekdi hamda o‘z maydonidagi uchrashuvlarda jami 23 ochko to‘pladi. Bu o‘yinlarda “lochinlar” raqiblariga 12 ta gol urib, o‘z darvozasidan 3 ta to‘p o‘tkazib o‘tkazib yubordi.
Jamoa safarda ham 11 uchrashuv o‘tkazib, 2 yutuq, 4 durang hamda 5 mag‘lubiyatni qayd etgan holda, jami 10 ochko to‘pladi. Namanganliklar 10 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 14 ta to‘p o‘tkazdi.
Xabaringiz bor, karantin sababli, Superliganing 10-13-turlardan o‘rin olgan bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazildi. Mazkur 4 o‘yinda “Navbahor” 2 durang hamda 2 mag‘lubiyatni qayd etib, jami 2 ochko egasiga aylandi.
Neytral maydonlarda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “lochinlar” 2 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazdi.
Fikrlar