Superliga. 22-tur yakunlandi
Superliganing 22-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi bahsida "Qizilqum" safarda "Xorazm"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ayni paytda musobaqa turnir jadvalida "Neftchi" 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Farg‘onaliklarning eng yaqin ta’qibchisi "Paxtakor" hisobida 49 ochko mavjud. Kuchli uchlikni esa 44 ochko jamg‘argan "Navbahor" yakunlab turibdi.
Ma’lumot uchun, Superliga FIFA kunlari munosabati bilan qisqa muddatga tanaffusga chiqdi. Musobaqa 7 oktabrdan davom ettiriladi.


Fikrlar