Superliga. 23-turdan so‘ng turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
Superliganing 23-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Jumladan, chempionlik uchun kurashayotgan «Neftchi» o‘z uyida «Xorazm» bilan durang qayd etdi — 2:2. Farg‘onaliklarning asosiy raqobatchisi hisoblangan «Paxtakor» esa bu natijadan unumli foydalanib, peshqadamlikni qo‘lga oldi. «Sherlar» Toshkent derbisida «Bunyodkor»ni 3:1 hisobida taslim qildi.
Shuningdek, yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan «Navbahor» va OKMK jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvda g‘olib aniqlanmadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda «Paxtakor» 52 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuncha ochko to‘plagan «Neftchi» esa ikkinchi pog‘onada bormoqda. Kuchli uchlikni hisobida 45 ochko mavjud «Navbahor» yakunlab beradi.


Fikrlar