Superliga. AGMK o‘z maydonidagi ilk o‘yinni "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tkazadi (prevyu)

  • 24 aprel, 2022, 17:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga doirasidagi 5-turda AGMK “Qo‘qon-1912” jamoasini Olmaliqda mehmon qiladi.

Tecno

Mazkur jamoalar chempionat doirasida jami 16 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik AGMK tarafida: 9 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati ham "konchilar" foydasiga: 28-20.

“Qo‘qon-1912” ayni paytda 6 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Uchrashuvni tajribali referi Asker Najafaliev boshqaradi. Mazkur tayinlov Najafaliev uchun AGMK ishtirokidagi 8-uchrashuvga aylanadi. Asker Najafaliev boshqargan o‘yinlarda olmaliqliklar 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Mazkur o‘yin Superliga doirasidagi joriy mavsum Olmaliqda o‘tadigan AGMKning ilk o‘yiniga aylanadi. Shu bois muxlislarni xursand etish maqsadida o‘yindan avval estrada yulduzi Xamdam Sobirov o‘zining kuy-qo‘shiqlari bilan stadionga yig‘ilgan tomoshabinlarga a’lo kayfiyat ulashadi.

Chiptalar «Metallurg» va OKMK sport majmuasi kassalarida 5 va 10 ming so‘mdan sotilmoqda.

Superliga, 5-tur.

27 aprel, chorshanba

AGMK — «Qo‘qon-1912» (18:30)

Olmaliq, «OKMK sport majmuasi».

Hakamlar: Asker Najafaliev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ravshan Abdivohidov

VAR hakami: Rustam Lutfullin

VAR assistenti: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Shohruh Said

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!