
Superliga. "Andijon" - OKMK: O‘zaro o‘yinlarda ustunlik qaysi jamoa tomonda?
Superliganing 23-turida OKMK vodiyda "Andijon" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
"Andijon" va OKMK jamoalari barcha musobaqalarda jami 28 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik "konchilar" tarafida. OKMK "Andijon" bilan o‘yinlarda 18 marotaba g‘alaba qozongan. "Burgutlar" esa 6 bor yutuqqa erishgan va qolgan 4 bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati ham olmaliqliklar tomonida: 54-33.
Ayni damda OKMK turnir jadvalida 22 o‘yindan so‘ng 36 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda ketmoqda. "Andijon" esa 22 bahsdan keyin 34 ochko bilan 6 pog‘onani band etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" - OKMK uchrashuvi 28-oktyabr kuni soat 16:00da "Bobur Arena" start oladi.
Fikrlar