Superliga. "Andijon" o‘z uyida OKMKni minimal hisobda taslim etdi
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Andijon" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
30-daqiqada Usmonali Ismonalievning goli andijonliklarga g‘alaba uchun etarli bo‘ldi. Bir qancha vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan mehmonlar gol urishni uddalay olmadi.
Shu tariqa, o‘tgan turda "Bunyodkor"ni 5:1 hisobida enggan "konchilar" bu safar mag‘lubiyatga uchradi. "Andijon" esa muxlislari qarshisida g‘alaba qozondi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Andijan
- Usmonali Ismonaliev 29'
Tugadi
1
:
0
26.09.2025 19:00



Fikrlar