Superliga. Bugun "Neftchi", "Nasaf" ishtirokida o‘yin bor. Yana bir bahs Toshkentda bo‘lib o‘tadi (foto)

  • 23 noyabr, 2023, 11:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligada 25-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Mazkur sanada muxlislar uchta qarama-qarshilik guvohi bo‘ladi.

Tecno

Dastlab, Toshkentda "Bunyodkor" va "Metallurg" o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 16:00 da start oladi. O‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanali jonli efirda namoyish etadi. 

Yana bir o‘yin Farg‘onada o‘tkaziladi. Unda "Neftchi" klubi "Qizilqum"ni mehmon qiladi. Bu bellashuv 18:15 da boshlanadi. Bahs "Foreign Languages" telekanalida efirga uzatiladi. 

Uchinchi bahs "Nasaf" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasida kechadi. Mazkur to‘qnashuv 18:15 da "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali jonli efirda muxlislar e’tiboriga havola etiladi. 

supe_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!