
Superliga. Bugun "Neftchi" va "Andijon" ishtirokidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi
Bugun O‘zbekiston Superligasi 11-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasidagi ikki o‘yin muxlislarni xursand qiladi.
Dastlabki uchrashuv Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. "Neftchi" o‘z muxlislari qarshisida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qiladi. O‘yin 20:00da start oladi va "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Yana bir bahs Navoiyda o‘tkaziladi. "Qizilqum" o‘z uyida "Andijon"ni mehmon qiladi. Bu qarama-qarshilik ham 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan hamda "Foreign language"da jonli efirda ko‘rsatiladi.
Fikrlar