Superliga. Bugun "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo" o‘z uchrashuvini o‘tkazadi

  • 08.11.2025 13:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Superliganing 28-turi start oldi. Dastlabki 2 to‘qnashuvda OKMK "Navbahor" ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi (3:1). "Neftchi" esa "Buxoro" bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Bugun esa Superligada 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 
 
Dastlab, soat 16:00’da Kamoliddin Tojiev boshqaruvidagi "Paxtakor" Farg‘onada "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘ladi. Keyin esa 17:00’dan boshlab turning markaziy to‘qnashuvi start oladi. "Bunyodkor" "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Shuningdek, chempionlik poygasida ishtirok etayotgan "Nasaf" o‘z uyida "Mash’al"ni qabul qiladi. Bu to‘qnashuv esa Toshkent vaqti bilan 18:15’da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!