Superliga. Bugun Termizda 6-turga yakun yasaladi
Bugun Superliganing 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Turni “Surxon” va “Andijon” jamoalari bahsi yakunlab beradi.
Termizdagi uchrashuv soat 17:30da boshlanadi. Ushbu bahs “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Surxon” ayni damda 8 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 5 ochko mavjud bo‘lgan “Andijon” esa turnir jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar