Superliga. Bugungi oʻyinlardan soʻng turnir jadvaldagi holat bilan tanishing
Superliganing 10-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun tur doirasidan o‘rin olgan 3 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
“Andijon” “Dinamo”ga qarshi o‘yinda kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” gollarga boy o‘tgan bahsda “Surxon”ni taslim qildi — 5:2.
Shuningdek, markaziy uchrashuvda “Paxtakor” va “Nasaf” to‘qnash kelib, 2:2 hisobida durang qayd etildi. Quyida onlayn turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.


Fikrlar