Superliga. “Buxoro” o‘z uyida “Dinamo” ishonchli hisobda taslim etdi
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Buxoro” hamda “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bu turda samarqandliklar “Buxoro” maydoniga safar qilib, 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dastlab uchrashuvning 45-daqiqasida Ravshan Xayrullaev o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 48-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Temur Mamasiddiqov hisobni tenglashtirishga erishdi. Bellashuvning 54-daqiqasida Shahzodbek Ubaydullaev “Buxoro”ning ikkinchi gollini kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada esa Ravshan Xayrullaev buxoroliklarning 3-golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, bu g‘alabadan so‘ng Aleksandr Xomyakov shogirdlari 10 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Buxoro
- Ravshan Khayrullaev 62'
- Shakhzod Ubaydullaev 54'
- Temur Mamasidikov 49'
19.03.2026 18:15
Dinamo
- Ravshan Khayrullaev 44'
Fikrlar