
Superliga. Chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" Qarshida "Paxtakor"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuvdagi yagona goli 63-daqiqada Javohir Siddiqov tomonidan kiritildi. Bobir Abdixoliqov tezkor reyd amalga oshirib qochib ketdi va "sherlar" himoyachisi Muhammadqodir Hamraliev unga qo‘pollik ishlatdi. Hakam penalti belgiladi va bundan Siddiqov foydalandi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar