Superliga formati o‘zgarishini qaysi klublar qo‘llab-quvvatladi?

  • 10 dekabr, 2022, 19:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning 19 sentyabr kuni Superliga klublari bosh murabbiylari o‘yinlar sonini oshirish borasida taklif kiritgach, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu borada o‘z variantini jamoatchilikka taqdim qilgandi.

Mazkur taklif chempionatning 7 ta klubini qanoatlantirdi, yana 7 ta klub esa unga qarshi ovoz berdi. AGMK, «Turon», «Andijon», «Olimpik», «Neftchi», «So‘g‘diyona», «Qizilqum» klublari yangi formatda to‘p surishni yoqladi. AGMK va «Andijon» bu borada kichik o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi yaxshi takliflar ham kiritdi. «Metallurg», «Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Surxon», «Buxoro» klublari esa yangi formatga qarshi ovoz berdi.

16 dekabr kuni O‘zPFL Ijroqo‘mining 2022 yildagi so‘nggi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2023 yilgi mavsum uchun kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘liq muhokamaga qo‘yiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Joxa1989
10/12/2022 19:49
12 килиш керак камандаларни 4 давра килиш кк