Superliga klublari mundial orqali qancha pul ishlab oladi?

  • 05.06.2026 17:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yildgi Jahon chempionati uchun FIFA katta miqdorda mablag‘ ajratgan.

Jumladan, mundialda ishtirok etadigan futbolchilarning klublariga ham kompensatsiya to‘lanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir futbolchi uchun klublarga bir kunlik ishtirok evaziga 11 ming dollardan mablag‘ beriladi.

Xo‘sh, bu orqali o‘zbek klublari qancha daromad oladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi. Undan o‘rin olgan 26 nafar futbolchining 15 nafari Superliga klublari sharafini himoya qiladi.

Superliga klublari orasida eng ko‘p vakilga ega jamoa — "Paxtakor". "Sherlar"dan terma jamoaga 5 nafar futbolchi chaqirilgan:
Xojiakbar Alijonov
Sherzod Nasrullaev
Akmal Mozgovoy
Doston Hamdamov
Zayd Tahsin (Iroq terma jamoasi)

Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etishini hisobga olsak, mazkur futbolchilar uchun "Paxtakor" taxminan 1 million 485 ming dollar mablag‘ oladi.
Qolgan klublarning ehtimoliy daromadi:

"Neftchi" — 3 nafar futbolchi — 891 ming dollar
"Nasaf" — 2 nafar futbolchi — 594 ming dollar
"Dinamo" — 2 nafar futbolchi — 594 ming dollar
"Navbahor" — 1 nafar futbolchi — 297 ming dollar
"Buxoro" — 1 nafar futbolchi — 297 ming dollar
"Surxon" — 1 nafar futbolchi — 297 ming dollar


Agar terma jamoalar pley-off bosqichiga chiqsa, mazkur summa yanada ortishi mumkin. Shu tariqa, Jahon chempionati nafaqat sport nuqtai nazaridan, balki moliyaviy jihatdan ham Superliga klublari uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!