Superliga. «Lokomotiv» gollarga boy o'tgan o'yinda «So'g'diyona»ni mag'lub etdi
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — «Lokomotiv» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda «temiryo‘lchilar» 3:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Uchrashuv davomida Behruzbek Asqarov 29-daqiqada hisobni ochdi (1:0). 34-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov muvozanatni tikladi (1:1). Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Sardor Mirzaev «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi (1:2). 68-daqiqada Lyupcho Doriev hisobni tenglashtirdi (2:2). Ammo Shodiyor Shodiboevning goli «temiryo‘lchilar»ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, toshkentliklarning ochkolari soni 38 taga yetdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Muntazam mavsum
So'g'diyona
- Bekhruz Askarov 29'
- Ljupco Doriev 68'
Tugadi
2
:
3
11.10.2026 16:00
Lokomotiv
- Temurkhuja Abdukholikov 34'
- Sardor Mirzayev 48'
- Shodiyor Shodiboev 81'

Fikrlar