Superliga. «Lokomotiv» — «Nasaf» uchrashuvi golsiz durang bilan yakunlandi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qildi. Mazkur bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Ayni paytda «temiryo‘lchilar» turnir jadvalida 39 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. «Ajdarlar» esa 38 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar