Superliga. "Mash’al" o‘zaro uchrashuvlar bo‘yicha "Dinamo"dan ustun!
O‘zbekiston Superligasining 11-turidan Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi.
Uchrashuv 2 may kuni soat 19:00 da “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar tarixi ancha qiziq: tomonlar 34 marta to‘qnash kelgan. Ularda “Mash’al” 17 ta g‘alaba bilan ustun, “Dinamo” hisobida esa 14 ta g‘alaba mavjud. Yana 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Gollar nisbati ham deyarli teng — 42:40 “Mash’al” foydasiga. Eng yirik g‘alabalardan biri “Dinamo” tomonidan 5:0 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, “Mash’al”ning eng katta yutugi 4:1 natijasi bo‘lib turibdi.

Fikrlar