Superliga mavzusi yana aktual! Peres va Laporta sud qaroridan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 21 dekabr, 2023, 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ittifoqi sudi Superliga g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. 

Sud FIFA va UEFA'ni monopoliya qilyapti, degan qarorga keldi. Ushbu tashkilotning Superligaga oid qoidalari raqobat erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarga zid. 

FIFA va UEFA qoidalariga ko‘ra, Superliga kabi klublararo futbol loyihasi ular tomonidan ma’qullanishi zarur. Bu esa Evropa Ittifoqi qonunchiligiga zid qoida hisoblanadi. 

Shu bilan birga, sud FIFA va UEFA'ning OAV huquqlaridan foydalanishga oid qoidalari Evropa klublariga va media bozorida faoliyat olib boruvchi barcha kompaniyalarga, shuningdek, iste’molchi hamda teletomoshabinlarga ularning innovatsion qiziqarli musobaqlardan bahramand bo‘lishiga to‘sqinlik qilishini ta’kidladi. 

2021 yilda Madrid tijorat sudi "Real Madrid", "Barselona" va "Yuventus" klublari Evropa Superligasini tashkil etishga urinishiga qarshi bo‘lgan intizomiy choralarni to‘xtatishni talab qilgandi va klublarning tarafini olgandi. 

Avvaliga sud hakami Manuel Ruiz de Laranining ushbu talabiga rad javobini berdi. Kasaba uyushmasi esa jarimaga tortilib, sud harajatlarini to‘lashga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng mazkur ish Evropa sudiga qadar etib borgan. 

Ayni damda Superliga loyihasida faqatgina Ispaniyaning ikki grandi "Barselona" va "Real Madrid" bor. Suratdagi qolgan jamoalar esa avvaliga bu loyihaga qo‘shilgan, ammo ichki liga hamda UEFA bosimidan so‘ng ushbu proektni tark etishga majbur bo‘lgandi. Xabarlarga ko‘ra, ayni dam ushbu ligada istalgan klub ishtirok etishi mumkinligi aytilyapti. Qayd etish lozim, ushbu ligada ishtirok etishni istagan jamoalarga FIFA yoki UEFA hech qanday sanktsiya qo‘llay olmaydi.  

Important judgment coming on European Super League | 'Real Madrid,  Barcelona not given up on dream' | Video | Watch TV Show | Sky Sports


"Barselona" prezidenti Joan Laportaning fikricha, hammasi shu zaylda davom etsa, Superliga 2025 yilda boshlanishi kutilyapti. Ushbu g‘oya asoschisi Florentino Peres esa sud qaroriga quyidagicha izoh berdi:

- Qadriyatlarimiz va erkinliklarimizni kafolatlash uchun ma’sul hisoblangan Evropa Ittifoqi Adliya sudi qabul qilgan qarorni katta mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Endilikda, Evropa klublari futbolida monopoliya bo‘lmaydi. Shuningdek, bugundan boshlab klublar o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi. Ular bizning sportimizni modernizatsiya qiluvchi va butun dunyodan muxlislarni jalb qiluvchi Evropa musobaqalarini taklif qilish va targ‘ib qilish huquqini to‘liq tan oladi. Bugun erkin Evropa, futbol va uning muxlislari g‘alaba qozondi. Superliga barcha klublarga iqtisodiy balansni kafolatlaydigan, futbolchilarni himoya qiladigan hamda butun dunyo bo‘ylab muxlislarni ilhomlantiradigan loyiha hisoblanadi. 

photo_2023-12-21_15-36-29

Shuningdek, Superliga doirasidagi har bir uchrashuv muxlislar uchun tekin bo‘lishi kutilyapti. Buni Superliganing asosiy homiysi va A22 kompaniyasi egasi Bernt Reixard ma’lum qildi. 




                                                                                                                               Xudayqulov Karim tayyorladi 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!