Superliga. Namangandagi markaziy bellashuvda maydonga egalari OKMK ustidan yirik hisobda zafar quchdi
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli va murorasiz kechgan bahsda "lochinlar"ning qo‘li baland keldi (3:0). Dastlab bellashuvning 6-daqiqasidayoq Alisher Odilovning super pasidan so‘ng Zabihullo O‘rinboev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 35-daqiqaga kelib esa Gilerme Gedesh oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotgan Pedro gol urib, yirik hisob bo‘lishini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Navbahor" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 23 taga etkazib oldi va "Neftchi"ga etib oldi. Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar esa 24 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Navbahor
- Zabikhillo Urinboev 6'
- Guilherme Guedes 35'
- Pedro 90'
Tugadi
3
:
0
21.06.2025 20:00



Fikrlar