Superliga. «Nasaf» oʻz maydonida «Soʻgʻdiyona»ni taslim qildi
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Superliganing 25-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «So‘g‘diyona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Ajdarlar» o‘z maydonida jizzaxliklarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Bobur Abduxoliqov penaltiidan gol urib, hisobni ochdi. 36-daqiqada esa Paata Gudushauri oradagi farqni ikkita oshirdi.
Shundan so‘ng mehmonlar a’zosi Sardor Jamolov oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarining ochkolari soni 41 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q