Superliga. "Nasaf" Samarqandda "Andijon"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslari davom etmoqda. Samarqanddagi "Dinamo" markaziy stadioni "Nasaf" va "Andijon" oʻrtasidagi bellashuvga mezbonlik qildi. Uchrashuvda jamoalar jangovar uchrashuvni muxlislarga taqdim etdi. Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. 77-daqiqaga kelib, Zafarmurod Abdurahmatovning solo yurishi va ideal pasidan soʻng Murod Rahmatov "burgutlar" darvozasini ishgʻol etib, "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol oʻyinda yagona boʻlib qoldi va "ajdarlar" 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Nasaf
- Murodbek Rahmatov 77'
Tugadi
1
:
0
03.04.2026 20:15
Fikrlar