Superliga. «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Dinamo»ni yengdi
Superliganing 23-turida «Nasaf» o‘z uyida «Dinamo»ni qabul qildi. «Ajdarlar» mazkur bellashuvda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alaba qozondi — 2:1.
Dastlab, Adenis Shala hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada mehmonlar futbolchisi Oybek O‘rmonjonov o‘yinda muvozanatni tikladi. Biroq 90+6-daqiqada Alibek Davronov gol urib, qarshiliklarga 3 ochko olib keldi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarining ochkolari soni 37 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar